Futzal. Terma jamoamizning Ar-Riyoddagi ikkinchi kuni nazariy mashg'ulot bilan boshlandi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi VI Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tayyorgarlik ishlarini davom ettirmoqda.
Bugungi mashg‘ulot kuni nazariy tayyorgarlik bilan boshlandi. Unda murabbiylar shtabi bo‘lajak raqib — Saudiya Arabistoni terma jamoasining o‘yin uslubini chuqur tahlil qildi, jamoaning kuchli va zaif tomonlarini o‘rgandi hamda shunga mos taktik yo‘nalishlar ustida ishladi.
Shuningdek, bugun O‘zbekiston terma jamoasi Islom birdamligi o‘yinlari o‘tkaziladigan Olimpiya sport majmuasida rasmiy mashg‘ulot o‘tkazadi. Ushbu mashg‘ulot futbolchilarga o‘yin maydoni, muhit va sharoitlarga moslashish imkoniyatini yaratadi.
Milliy terma jamoamiz musobaqadagi ilk uchrashuvini 4-noyabr kuni soat 19:00 da mezbon Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.