Futzal terma jamoamiz yangi murabbiy boshchiligidagi ilk g'alabasini nishonladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
PHOTO: Facebook
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoamiz yangi bosh murabbiy Nodir Eliboyev boshchiligidagi ilk rasmiy o'yinini o'tkazdi.
O'zbekiston milliy terma jamoamiz Xitoy Xalq Respublikasining Yulin shahrida joylashgan “Inovatsion texnalogiyalar” sport majmuasida Xitoy terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Qiziqarli kechgan va uch ming besh yuzdan ziyod muhlislar tomosha qilgan ushbu qarama-qarshilikda vakillarimiz yirik 0:3 hisobida g'alabani tantana qilishdi. Xitoy terma jamoasi darvozasiga gollarni Ilhomjon Hamroyev, Shahzodjon Sa'diyev, hamda Eldor Nig'matovlar kiritishdi.
Eslatib o'tamiz 5 aprel kuni ushbu jamoalar o'rtasidagi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi
Ibrohim Jalolov
Redaktor