locale OZ

Futzal. TDPU — chempion!

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. TDPU — chempion!
PHOTO: Telegram

"Talaba qizlar ligasi" musobaqasining final bellashuvi yakunlandi.

Bosh sovrin uchun bahsda Toshkent davlat pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoalari kurash olib bordi.

Murosasiz kechgan o‘yinning dastlabki qismida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti qizlari faolroq harakat qilishdi va bir necha bor raqib darvozasiga xavf solishdi.

Ammo TDPU darvozaboni Sevinch Davletbayeva ishonchli harakat qildi va hattoki penaltidan amalga oshirilgan zarbani ham bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan ruhlangan jamoadoshlari sekin-asta o‘zlariga kelishdi va qarshi hujumga o‘tishdi. Natijada, Sarvinoz Hayrullayeva va Dildora Xushboqova (dubl) raqib darvozasini ishg‘ol etib, jamoasining yirik g‘alabasini ta’minladi.

"Talaba qizlar ligasi"
Final
TDPU - O‘zDJTSU - 3:0
Gollar: Sarvinoz Kamoljonova, Dildora Xushboqova (2ta).

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting