locale OZ

Futzal. Tartib-intizom komissiyasining navbatdagi yig'ilishi tafsilotlari

Unda Oliy liganing 4-turiga doir uchta masala ko‘rib chiqildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Tartib-intizom komissiyasining navbatdagi yig'ilishi tafsilotlari
Фото: Ўзбекистон футзали

O‘zbekiston Futzal federatsiyasi Tartib-intizom komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy liganing 4-turiga oid uchta masala muhokama qilindi.

Oliy liga
OKMK — “Lokomotiv”

Oliy liganing 4-turi doirasidagi OKMK – “Lokomotiv” uchrashuvining 33-daqiqasida OKMK jamoasi o‘yinchisi Samuel Narsiso Ribeiro Costa to‘p uchun kurashsiz holatda raqib o‘yinchisining beliga tirsagi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlatildi.

Tartib-intizom komissiyasi qaroriga ko‘ra, Samuel Narsiso Ribeiro Costaga 3 ta o‘yinga chetlatish (diskvalifikatsiya) va 1 (bir) million so‘m miqdorida jarima intizom choralari qo‘llanildi.

“Bunyodkor” — “Oil Star”

Oliy liganing 4-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “Oil Star” jamoalari uchrashuvining 4-daqiqasida “Bunyodkor” jamoasining jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyi Jasur Sodiqov ikkinchi hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatildi.
Tartib-intizom komissiyasi qaroriga ko‘ra, Jasur Sodiqovga 3 ta o‘yinga chetlatish (diskvalifikatsiya) intizom chorasi qo‘llanildi.

“Maksam-Chirchiq”

"Maksam-Chirchiq” jamoasi musobaqa Reglamentining 17.6 hamda 20.2-bandlari talablarini buzgan. Ungacha jamoa uchta tur yakunlariga ko‘ra rasmiy ogohlantirilgan bo‘lishiga qaramay, 4-turda ham Reglament talablarini bajarmagan.

Tartib-intizom komissiyasi qaroriga ko‘ra, Toshkent viloyati jamoasi Qarshi shahridagi turda o‘z shifokorisiz ishtirok etgani (Reglamentning 17.6-bandi) hamda Telegram, Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlarida o‘zining rasmiy sahifalarini ochmasdan, klub faoliyatini yoritib bormaganligi (Reglamentning 20.2-bandi) uchun “Maksam-Chirchiq” jamoasiga 5 (besh) million so‘m miqdorida jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Kelgusida mazkur kamchiliklar takrorlansa, jamoaga nisbatan Oliy liga musobaqasidan chetlatish chorasi ko‘rilishi borasida ogohlantirildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting