locale OZ

Futzal. «Surxon» mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Futzal bo‘yicha Oliy liga uchrashuvlari start oldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. “Surxon” mavsumdagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Фото: Сурхон ПФК

Bugun Andijon shahrida futzal bo‘yicha Oliy liga doirasidagi 2-tur bahslari davom ettirildi. Uchrashuvlarning birida Surxon Lokomotivga qarshi parketga tushdi. Uchrashuv gollarga boy va murosasiz tarzda o‘tdi. 3-daqiqadayoq, Arsen Habibrakhmonov hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 13-daqiqada, Loko hisobni tenglashtirdi. Ammo, bir daqiqa o‘tib, Habibrakhmonov dubl muallifiga aylandi. 1-bo‘limning oxirgi daqiqasida, Dilmurod Jumayev yana bir gol urdi

Shundan keyin, raqiblarimiz hujumga o‘tdi va 35-daqiqaning holatiga ko‘ra, hisob tenglashdi – 3:3. Biroq, Ravshan Salimovich Rajabov shogirdlari xarakter ko‘rsatib, g‘alabani qo‘lga kiritishdi. 39-daqiqada, Ravshan Asqarjonovning aniq zarbasi bizga 3 ochko keltirdi

O‘yindan keyin, o‘ynovchi-murabbiy Timur Sadirov o‘yin haqida o‘z fikrini bildirdi:
“Har ikkala jamoaga yaxshi o‘yin ko‘rsatgani uchun minnatdorlik bildiraman. Biz uchun bugun og‘ir va kurashlarga boy o‘yin bo‘ldi. Har ikkala jamoda ko‘p vaziyatlar bo‘ldi. Kim kamroq xato qilgan bo‘lsa, shu jamoa g‘alabani qo‘lga kiritdi deb o‘ylayman. Umid qilaman, Surxon uchun bugungi g‘alabasi oxirgi bo‘lmaydi”, - dedi u.

Futzal. Oliy Liga, 2-tur, 2-o‘yin
SURXON - LOKOMOTIV 4:3
Gollar: Arsen Habibrakhmonov 3, 14, Dilmurod Jumayev 20, Ravshan Asqarjonov 39

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting