locale OZ

Futzal. Qozog‘iston terma jamoasi haqida nimalarni bilamiz?

FIFAning so‘nggi yangilangan reytingida Qozog‘iston 7-o‘rinni egallab turibdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Qozog‘iston terma jamoasi haqida nimalarni bilamiz?
Фото: Ўзбекистон футзали

Ayni paytda Qozog‘iston milliy terma jamoasi dunyoning TOP jamoalari qatorida e’tirof etiladi. Xalqaro futbol federatsiyalari uyushmasi – FIFAning so‘nggi yangilangan reyting jadvalida Qozog‘iston Braziliya, Ispaniya, Argentina, Portugaliya, Rossiya hamda Erondan so‘ng 7-o‘rinni egallab turibdi. Kuchli o‘ntalikdan, shuningdek, Ukraina, Marokash hamda Italiya terma jamoalari ham joy olgan.

UEFAga o‘tguniga qadar OFK tarkibida bo‘lgan qozog‘istonliklar Osiyo chempionatlarida ikki marta ishtirok etgan va bitta kumush, bitta bronza medaliga sazovor bo‘lgan.

2001-yildan UEFAda o‘ynab kelayotgan Qozog‘iston terma jamoasi to‘rt marta jahon chempionati, uch marta qit’a chempionati final bosqichida ishtirok etgan. Jahon chempionatidagi eng yaxshi natijani qo‘shnilarimiz 2021-yilda qayd etishgan va 3-o‘rin o‘yinida Braziliya terma jamoasiga yutqazib (2:4) qo‘ygan.

Yevropa chempionatlaridagi eng yaxshi natijasini esa 2016-yili – debyut mavsumida qayd etishgan va bronza medaliga sazovor bo‘lishgan. Oradan ikki yil o‘tib, yana 3-o‘rin uchun kurashgan qozog‘istonliklar Rossiya terma jamoasiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Toshkentga safar oldidan yon qo‘shnilarimiz Yevropa chempionatining saralash o‘yinlaridan o‘ta olishmadi. Ular pley-offda Italiya terma jamoasiga ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra imkoniyatni boy berishdi. 18-sentabr kuni Fasanoda o‘tgan o‘yinda Apennin yarim oroli vakillari 2:1 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, 23-sentabr kuni Astanada kechgan javob uchrashuvida qozog‘istonliklar revanj olishdi – 3:2. Ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra g‘olib aniqlanmagach, penaltilar seriyasiga murojaat etildi va unda italiyaliklar 4:3 hisobida g‘alaba qozonishdi.

O‘zbekiston terma jamoasi bilan xalqaro arenalarda Qozog‘iston 13 marta kuch sinashgan va shulardan 8 tasida g‘alaba qozongan, 3 ta uchrashuvda kuchlar teng kelgan, 2 ta bahsda esa hamyurtlarimizning qo‘li baland kelgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbati – 46:29.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting