Futzal. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Bishkekka yo‘l olmoqda
Jizzax shahrida yakuniga yetgan yig'inning mantiqiy davomi sifatida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun kunning ikkinchi yarmida Qirg‘iz Respublikasi yoshlar terma jamoasiga qarshi ikkita nazorat uchrashuvida maydonga tushish uchun Bishkek shahriga uchib ketadi.
Qo‘shni mamlakat poytaxtida bo‘lib o‘tadigan mazkur o‘rtoqlik uchrashuvlari har ikki jamoa uchun xalqaro maydondagi musobaqalar oldidan o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish, o‘yin amaliyotini oshirish hamda tayyorgarlik jarayonini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi delegatsiyasi tarkibi:
Murabbiylar shtabi va rasmiylar:
· Bosh murabbiy — Nodir Eliboyev
· Bosh murabbiy yordamchisi — Shuhrat Tojiboyev
· Fizioterapevt — Umid Ismoilov
· Ma’mur — Shahboz Jo‘rayev
· Matbuot xizmati vakili — Nodir A’zamov
Darvozabonlar:
· Shohjahon Zamirxonov
· Kamron Rustamjonov
Maydon o‘yinchilari:
· Jamoliddin Sattorov
· Azamat Turdiboyev
· Bekzod Mirqosimov
· Samandar Abduvoitov
· Izzatilla G‘ulomov
· Nizomiddin Ziyoxiddinov
· Samir Ashurov
· Javohir Abdulvosiyev
· Ibrohim Karimov
· Abdulboriy Ilyosov
· Azizbek Jaloliddinov
· Akmal Fayzullayev
· Timur Kakach