Futzal. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Bishkekda ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi
Dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini 12-oktabr kuni bo'lib o'tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Ўзбекистон футзали
Qirg‘iz Respublikasi yoshlar terma jamoasi taklifiga binoan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etish uchun Bishkek shahriga yo‘l olgan O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun ertalab dastlabki mashg‘ulotini o‘tkazdi.
Mashg‘ulotlar Bishkek shahridagi VIVAT futzal klubi sport majmuasida ko‘tarinki kayfiyat va ishchanlik ruhida tashkil etildi. Yigitlarning kayfiyati a’lo darajada bo‘lib, ular bo‘lajak uchrashuvlarga katta ishtiyoq bilan tayyorgarlik ko‘rishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Qirg‘iz Respublikasi yoshlar terma jamoasiga qarshi dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvini 12-oktabr, ikkinchi bahsni esa 14-oktabr kuni o‘tkazadi.