locale OZ

Futzal. O'zbekiston Yaponiya bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Uchrashuv 16-sentyabr kuni Toshkentda bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. O'zbekiston Yaponiya bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi
Photo: UFF

Osiyo kubogi-2026 saralash bahslariga hozirlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 16-sentabr kuni poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida Yaponiya milliy terma jamoasi bilan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Mazkur uchrashuv har ikkala terma jamoa uchun qit’a chempionati saralash musobaqasi oldidan so‘nggi ko‘rik vazifasini o‘tab beradi.

O‘zbekiston – Yaponiya uchrashuvi 16 sentabr kuni soat 17:00 da boshlanadi.

“Shu o‘rinda futzal ishqibozlariga eslatib o‘tamiz, “Yunusobod” sport majmuasiga kirish mutlaqo bepul. Keling, ko‘ring va zavqlaning! Shiddatli bahsning bevosita shohidi bo‘ling, terma jamoamizning oltinchi o‘yinchisiga aylaning!”,-deb yozadi O'zbekiston Futzal Federatsiyasi axborot xizmati.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting