locale OZ

Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiya bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiya bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi
Фото: Ўзбекистон футзали

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bugundan navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishadi. Terma jamoaga chaqirilgan o‘yinchilar poytaxtimizdagi “Velara” mehmonxonasida istiqomat qilishadi. Mashg‘ulotlar esa “Yunusobod” sport majmuasida o‘tkaziladi.

Mazkur yig‘in 20–24 sentabr kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogi – 2026 saralash musobaqasi oldidan so‘nggi ko‘rik vazifasini o‘tab beradi.

Yig‘in davomida Osiyo qit’asi grandlaridan biri – Yaponiya terma jamoasi bilan nazorat uchrashuvida kuch sinashish ham rejalashtirilgan. Quyosh chiqish mamlakati termasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini 16 sentabr kuni soat 17:00 da “Yunusobod” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 18 sentabr kuni Bishkekka uchib ketadi. Qirg‘iziston Respublikasi poytaxtida bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogining F saralash guruhida terma jamoamiz mezbonlardan tashqari Sharqiy Timor hamda Falastin terma jamoalariga qarshi maydonga chiqishadi.

Murabbiylar shtabi bugun boshlanadigan yig‘inga quyidagi futzalchilarni jalb etgan:

Darvozabonlar – Abbos O‘lmasbekov ("BMB PFC"), Shavkat Ibragimov (“Oil Star”), Doniyor Umarov (“Lokomotiv”).

Himoyachilar – Ilhomjon Hamroev (“Oil Star”), Mashrab Odilov ("BMB PFC"), Shahzod Sa’diev ("BMB PFC").

Qanot o‘yinchilari – Behruz Samiev (“Oil Star”), Husniddin Nishonov ("BMB PFC"), Eldor Nighmatov (“Lokomotiv”), Muhammadali Husonov ("BMB PFC").

Qanot hujumchilari – Elbek To‘lqinov (“Oil Star”), Abbor Ahmedzyanov (OKMK), Muzaffar Abdukarimov (OKMK), Akbar Usmonov (SQB).

Hujumchilar – Muzaffar Ahadjonov ("BMB PFC"), Davlat Ibragimov ("BMB PFC").

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting