locale OZ

Futzal. O‘zbekiston Sharqiy Timorni yirik hisobda mag‘lub etdi

Ikki o‘yinda ikki g‘alaba qo‘lga kiritildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. O‘zbekiston Sharqiy Timorni yirik hisobda mag‘lub etdi
Фото: Ўзбекистон футзали

2026 yilda Indoneziya mezbonlik qiladigan futzal bo‘yicha Osiyo kubogiga saralash bahslari bo‘lib o‘tmoqda. "F" saralash guruhi o‘yinlariga Bishkek shahri mezbonlik qilmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi bugun guruhdagi ikkinchi o‘yinni o‘tkazdi. Nodir Eliboyev jamoasiga bu safar Sharqiy Timor raqiblik qildi. Jamoamiz mazkur o‘yinda 7:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, 8ta saralash guruhi g‘oliblari va ikkinchi o‘rinni egallaganlar orasida eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan 7 ta jamoa Osiyo kubogi final bosqichiga chiqadi.

Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi-2026 saralashi
O‘zbekiston - Sharqiy Timor 7:1

Gollar: 1:0 — Mashrab Adilov (2'), 2:0 — Husniddin Nishonov (3'), 3:0 — Eldor Nigmatov (17'), 4:0 — Shahzodjon Saʼdiev (27'), 5:0 — Muzaffar Ahadjonov (34'), 6:0 — Shahzodjon Saʼdiev (34'), 6:1 — Ruben Faria Borges (37'), 7:1 — Elbek To‘lqinov (40')

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting