Futzal. O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi safar oldidan so‘nggi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi
Birinchi o‘yinda o‘zbekistonlik futzalchilar g‘alaba qozongandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Ўзбекистон футзали
Dilshod Rahmatov boshchiligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bugun tunda Bahraynga – III Osiyo yoshlar o‘yinlariga jo‘nab ketadi.
Safar oldidan o‘smirlarimiz oldindan rejalashtirilgan Qirg‘izistonlik tengqurlariga qarshi ikkinchi ko‘rik nazorat uchrashuvini o‘tkazishdi. O‘yin Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zalida bo‘lib o‘tdi.
Ikki kun muqaddam mazkur jamoalarning birinchi uchrashuvida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi yirik – 8:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.
O‘zbekiston – Qirg‘iziston o‘smirlar terma jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi nazorat uchrashuvida 2:2 hisobidagi durang natija qayd etildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist