locale OZ

Futzal. O‘zbekiston milliy terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi

Futzalchilar Toshkentda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. O‘zbekiston milliy terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi
Фото: Ўзбекистон футзали

Mamlakat milliy chempionati – Oliy liga 3-tur bahslari yakunlanganidan so‘ng, milliy terma jamoamiz Toshkentda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi.

Bosh murabbiy Nodir Eliboyev boshchiligidagi murabbiylar shtabi yig‘in davomida futzalchilarning jismoniy holati, o‘yin amaliyoti va ruhiy tayyorgarligini inobatga olgan holda tarkibda ayrim kichik o‘zgarishlarni amalga oshirdi.

Ertaga, 16-oktyabr kuni Qozog‘iston terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan nazorat – o‘rtoqlik uchrashuvida quyidagi futzalchilar milliy jamoamiz safida maydonga tushishlari kutilmoqda:

O‘zbekiston milliy terma jamoasi:

Darvozabonlar:
Shavkat Ibragimov (“Oil Star”)
Mirislom Miraliyev (OKMK)
Doniёr Umarov (“Lokomotiv”)

Himoyachilar:
Mashrab Odilov ("BMB PFC")
Ilhomjon Hamroev (“Oil Star”)
Shahzod Sa’diev ("BMB PFC")

Qanot o‘yinchilari:
Shahram Faxriddinov (OKMK)
Eldor Nighmatov (“Lokomotiv”)
Xayrulla Solixov (OKMK)
Muҳammadali Xusanboev ("BMB PFC")

Qanot hujumchilari:
Elbek To‘lqinov (“Oil Star”)
Abror Ahmedzyanov (OKMK)
Ixtiyor Ropiev ("Nasaf")
Samariddin Berkinov (“Oil Star”)
Daler Eshonqulov ("Dinamo")

Hujumchilar:
Muzaffar Ahadjonov ("BMB PFC")
Artur Umurov ("Oil Star")

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting