Futzal. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Saudiya Arabistoniga uchib ketdi
VI Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etish uchun O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun tongda (Toshkent vaqti bilan soat 03:30) Saudiya Arabistoniga uchib ketdi.
Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, VI Islom birdamligi o‘yinlari futzal musobaqasi 4-noyabr kuni start oladi. Hamyurtlarimiz dastlabki uchrashuvni mezbonlarga qarshi o‘tkazishadi. Ar Riyod shahridagi Olimpiya sport markazi Yashil zalida bo‘lib o‘tuvchi futzal musobaqalarini 3000 tomoshabin kuzatib borishi mumkin. Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston uchrashuvi mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da start oladi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarga quyidagi tarkib bilan jo‘nab ketdi:
Murabbiylar shtabi:
• Jamoa rahbari: Rustam Zuparov
• Bosh murabbiy: Nodir Eliboyev
• Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy: Mauricio Teixeira
• Fizioterapevt: Rasul Dayanov
• Ma’mur: Shahboz Jo‘rayev
• Matbuot xizmati: Vahobjon Abduganiyev
Darvozabonlar:
• Abbos Elmuradov (“BMB PFC”)
• Shavkat Ibragimov (“Oil Star”)
Himoyachilar:
• Ilhomjon Hamroev (“Oil Star”)
• Mashrab Odilov (“BMB PFC”)
• Shahzod Sa’diev (“BMB PFC”)
Qanot o‘yinchilari:
• Shahram Faxriddinov (OKMK)
• Xayrulla Solixov (OKMK)
• Muhammadali Xusanboev (“BMB PFC”)
Qanot hujumchilari:
• Elbek To‘lqinov (“Oil Star”)
• Abror Ahmedzyanov (OKMK)
• Ixtiyor Ropiev (“Nasaf”)
• Akbar Usmonov (SQB)
• Eldor Nigmatov (“Lokomotiv”)
Hujumchilar:
• Muzaffar Ahadjonov (“BMB PFC”)