locale OZ

Futzal. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Indoneziyaga uchib ketdi

O‘zbekiston “C” guruhida Tojikiston, Avstraliya va Yaponiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Indoneziyaga uchib ketdi
Фото: Ўзбекистон футзали

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi – 2026 musobaqasining final bosqichida ishtirok etish uchun Toshkent – Kuala-Lumpur – Jakarta yo‘nalishi bo‘ylab Indoneziyaga yo‘l oldi.

Milliy terma jamoa a’zolarini Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda O‘zbekiston futzal federatsiyasining mas’ul xodimlari kuzatib qolishdi.

Eslatib o‘tamiz, 27-yanvardan 7-fevralgacha Jakarta shahridagi “Jakarta Arena” hamda “Jakarta xalqaro volodromi” sport majmualarida bo‘lib o‘tadigan qit’a chempionatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi “C” guruhida Tojikiston, Avstraliya va Yaponiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting