locale OZ

Futzal. O‘zbekiston milliy jamoasi VI Islom birdamlik o‘yinlariga tayyorgarlikni boshladi

VI Islom birdamlik o‘yinlari shu yilning 2–11-noyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o‘tkaziladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. O‘zbekiston milliy jamoasi VI Islom birdamlik o‘yinlariga tayyorgarlikni boshladi
Фото: Ўзбекистон футзали

Nodir Eliboyev boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi Oliy liga musobaqasining so‘nggi tur uchrashuvlarini sinchkovlik bilan kuzatib, xalqaro maydonda mamlakatimiz sharafini munosib himoya eta oladigan eng sara futbolchilarni tanlab, yig‘inga jalb etdi.

Ma’lumki, 2025-yilgi sport mavsumining nufuzli musobaqalaridan biri — VI Islom birdamlik o‘yinlari shu yilning 2–11-noyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston milliy jamoasi mazkur turnir arafasida Toshkent shahridagi “Yunusobod” sport majmuasida so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi.

Yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati:
Darvozabonlar:
• Abbos O‘lmasbekov (“BMB PFC”)
• Shavkat Ibragimov (“Oil Star”)
• Abbos Elmuorodov (“BMB PFC”)
Himoyachilar:
• Ilhomjon Hamroev (“Oil Star”)
• Mashrab Odilov (“BMB PFC”)
• Shahzod Sa’diev (“BMB PFC”)
Qanot o‘yinchilari:
• Shahram Faxriddinov (OKMK)
• Xayrulla Solixov (OKMK)
• Muhammadali Xusanboev (“BMB PFC”)
Qanot hujumchilari:
• Elbek To‘lqinov (“Oil Star”)
• Abror Ahmedzyanov (OKMK)
• Ixtiyor Ropiev (“Nasaf”)
• Akbar Usmonov (SQB)
• Eldor Nigmatov (“Lokomotiv”)
Hujumchilar:
• Muzaffar Ahadjonov (“BMB PFC”)
• Artur Umurov (“Oil Star”)
Murabbiylar shtabi:
• Jamoa rahbari: Rustam Zuparov
• Bosh murabbiy: Nodir Eliboyev
• Bosh murabbiy yordamchisi: Konstantin Sviridov
• Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy: Maurisio Teysheyra
• Fizioterapevt: Rasul Dayanov
• Ma’mur: Shahboz Jo‘rayev

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting