Futzal. O'zbekiston milliy jamoasi Qirg'iziston bilan o'yin oldidan rasmiy mashg'ulot o'tkazdi
Osiyo kubogi-2026 saralash musobaqasi “F” guruhi bahslarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bugun so'nggi tur o‘yini oldidan rasmiy mashg‘ulotini o‘tkazdi. Mashg‘ulot saralash uchrashuvlari o‘tkaziladigan Qirg‘iziston futbol uyushmasiga qarashli Futbol akademiyasi sport majmuasida tashkillashtirildi.
Murabbiylar shtabi futzalchilarimiz bilan bugungi mashg‘ulotda bo‘lg‘usi raqibning o‘yin uslubidan kelib chiqqan holda kerakli taktik kombinatsiyalar ustida ishlashdi. Shu o'rinda futzalchilarimizning kayfiyatlari a’lo, jangovar ekanligini qayd etish joiz.
Eslatib o‘tamiz, Nodir Eliboyev shogirdlari saralash musobaqasidagi oxirgi uchrashuvni bugun – 24-sentabr sanasida, Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da mezbonlar — Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi o‘tkazishadi.