locale OZ

Futzal. O‘zbekiston kubogi. Bugun \"Neftchi\" ham pley-off masalasini hal qilishi mumkin

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. O‘zbekiston kubogi. Bugun "Neftchi" ham pley-off masalasini hal qilishi mumkin
PHOTO: Telegram

Bugun, 26-aprel, "B" guruhi vakillari kubok bahslarini davom ettirishadi.

Kunning birinchi o‘yinida ikkinchi pog‘onodagi "Neftchi" 4-o‘rinni egallab turgan "Maksam-Chirchiq" bilan maydonga tushsa, 17:00da "Oil Star" hamda "Bunyodkor" bellashuvi start oladi.

Har ikki uchrashuv federatsiyaning YouTube'dagi rasmiy sahifasida jonli translyatsiya qilinadi. "Neftchi" ishtirokidagi bahs "Futbol TV", ''Oil Star" hamda "Bunyodkor" uchrashuvi esa "Sport" telekanalida efirga uzatiladi.

Nominal favoritlar "Neftchi" va "Oil Star" o‘z o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan taqdirda, buxoroliklar bilan pley-off bosqichiga rasman Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi ham yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting