locale OZ

Futzal. O’zbekiston kubogi – 2026 musobaqasi guruh bosqichi bahslari 28-aprel kuni start oladi

Bu guruh vakillarining o’yinlariga jizzaxlik futzal ishqibozlari 3—7-may sanalarida shohid bo’lishadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. O’zbekiston kubogi – 2026 musobaqasi guruh bosqichi bahslari 28-aprel kuni start oladi
Фото: Ўзбекистон футзали

Mamlakatimiz furzalida nufuzi jihatidan ikkinchi o’rinda turuvchi O’zbekiston kubogi musobaqasining 2026-yilgi bahslari kelayotgan haftaning seshanba kuni Jizzax shahridagi Viloyat futbol akademiyasi sport zalida start oladi.

Bahslarni A hamda C guruhi vakillari boshlab berishadi. Mazkur ikki guruh o’yinlari 28-aprel sanasida start olib, 2-may kuni poyonida yetadi. Shundan so’ng, B hamda D guruhi vakillariga kurashga kirishishadi. Bu guruh vakillarining o’yinlariga jizzaxlik futzal ishqibozlari 3—7-may sanalarida shohid bo’lishadi.

Eslatib o’tamiz, guruh bosqichida o’yinlar bir davrali tizimda tashkil etiladi va unda birinchi hamda ikkinchi o’rinni egallagan jamoalar pley-off bosqichiga yo’l olishadi. Chorak final hamda Yarim final bahslari may oyining o’rtalarida tashkil etilishi ko’zda tutilayotgan bo’lsa, FINAL uchrashuvi iyun oyining dastlabki haftasida Toshkent shahrida bo’lib o’tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting