locale OZ

Futzal. O'zbekiston ayollar terma jamoasi Avstraliya ustidan ishonchli g'alabaga erishdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. O'zbekiston ayollar terma jamoasi Avstraliya ustidan ishonchli g'alabaga erishdi
FОТО: O'FF

Xitoy mezbonligida bo'lib o'tayotgan ayollar futzali bo'yicha Osiyo Kubogi davom etmoqda.

Bugun O'zbekiston ayollar terma jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga chiqib, ishonchli hisobda g'alaba qozondi.

Dastlab, raqiblar 11-daqiqada Daisy Arrovsmitning goli evaziga oldinga o'tib olgandi. Biroq, vakilalarimiz bu golga munosib javob bera olishdi.

14-daqiqada Gulzoda Amirova hisobni tenglashtirgan bo'lsa, 24-daqiqada Ominaxon Valixonova jamoamizning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 38-daqiqada esa Shodiya Tosheva hisobni yirik ko'rinishga olib keldi.

Eslatib o'tamiz, futzal bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi dastlabki o'yinda Xitoy Taypeyiga yirik 6:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi.

Ayollar futzali bo'yicha Osiyo Kubogi-2025

Avstraliya 1:3 O'zbekiston

Gollar: Daisy Arrovsmit 11' (1:0), Gulzoda Amirova 14' (1:1), Ominaxon Valixonova 24' (1:2), Shodiya Tosheva 38' (1:3).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting