locale OZ

Futzal, Osiyo kubogiga tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda

Ertaga yakuniy tarkib e'lon qilinadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal, Osiyo kubogiga tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda
Фото: Ўзбекистон футзали

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 27-yanvar sanasidan Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida start oladigan Osiyo kubogi–2026 musobaqasiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Mashg‘ulotlar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Terma jamoalar markazida olib borilmoqda.

Murabbiylar shtabi qit’a chempionatining guruh bosqichidagi raqiblarimiz o‘yin uslubini inobatga olgan holda futzalchilarga nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Shuningdek, terma jamoa a’zolarining jismoniy holatini optimal darajaga yetkazish, ularni ruhiy jihatdan har qanday kuchli raqibga qarshi puxta tayyorlash bo‘yicha maxsus mashqlarga ham alohida e`tibor qaratishmoqda.

So‘nggi yig‘in davomida Quvayt terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan nazorat uchrashuvi asosida barcha nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosalarga kelindi. Indoneziyaga yo‘l oladigan yakuniy tarkib esa futzalchilarning ertaga – 21-yanvar kuni O‘FF Prezidenti bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi chog'ida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 27-yanvar — 7-fevral kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogi final bosqichida O‘zbekiston “C” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, Yaponiya | Avstraliya | Tojikiston
terma jamoalarga qarshi bahs olib boradi.

Guruh bosqichi o‘yinlari taqvimi:
• 28-yanvar, chorshanba | 17:00
O‘zbekiston — Tojikiston
• 30-yanvar, juma | 13:00
Avstraliya — O‘zbekiston
• 1-fevral, yakshanba | 13:00
Yaponiya — O‘zbekiston

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting