locale OZ

Futzal. Oliy liganing so’nggi – 12-tur bahslari Toshkentda bo‘lib o‘tadi

Futzal bo‘yicha mamlakat milliy chempionati — Oliy liganing 2025/2026-yilgi mavsumi oxirgi tur o‘yinlari muddati va manziliga aniqlik kiritildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Oliy liganing so’nggi – 12-tur bahslari Toshkentda bo‘lib o‘tadi
photo: UFF

Futzal bo‘yicha mamlakat milliy chempionati — Oliy liganing 2025/2026-yilgi mavsumi oxirgi tur o‘yinlari muddati va manziliga aniqlik kiritildi. 12-tur bahslari joriy yilning 23-28-may kunlari poytaxtimiz – Toshkent shahridagi “Yunusobod” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

12-turda ham muxlislar bir qator qiziqarli uchrashuvlarning shohidi bo‘lishi kutilmoqda. Birinchi navbatda mamlakat vitse-chempionligi uchun murosasiz raqobat tomoshabinlar diqqat markazida bo’lishi aniq. Ayni paytda Buxoroning “Oil Star” jamoasi Liga debyutanti – SQB jamoasidan 3 ochko oldinda bormoqda. Ammo buxoroliklarni so’nggi turda juda qiyin o’yinlar kutib turibdi. Shu ma`noda sovrinli o’rinlar intrigasi ishqibozlarni oxirgi o’yin kuniga qadar hayajonda ushlab turishi shubhasiz.

Yana bir voqeiylik, bu turda XXIX milliy chempionatimizning 1100-goli kiritilishi kutilmoqda. Hozirga kelib, Oliy liga jamoalari darvozalarga 1053 ta to’p kiritishgan. Ko’ramiz navbatdagi yubiley goli kimga nasib etarkan?

Chempionatning so’nggi uchrashuvidan keyin g’olib hamda sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tadi. O’zbekiston futzal federatsiyasi chempionat laureatlariga ham maxsus sovrinlar ta`sis etgan. Xullas, bir so’z bilan aytganda oldinda bizni bir haftalik maroqli o’yinlar va rang barang voqeiyliklar kutib turibdi. Shunday ekan, 23-28-may kunlari “Yunusobod” sport majmuasiga keling va futzalning unutilmas lahzalari shohidiga aylaning.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting