locale OZ

Futzal. Oliy ligaga o‘tish turniri Jizzaxda bo‘lib o‘tadi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Oliy ligaga o‘tish turniri Jizzaxda bo‘lib o‘tadi
PHOTO: Telegram

O‘zbekiston futzal federatsiyasi joriy yilning iyun oyining ikkinchi va uchinchi dekadasida oliy liga yo‘llanmasi uchun o‘tish turnirini rejalashtirgani haqida muqaddam ma’lum qilgandik.

Mazkur musobaqada birinchi liganing oxirgi mavsumi ishtirokchilari, shuningdek, yangidan shakllantirilgan professional jamoalar hamda may oyi so‘nggi dekadasida o‘tkaziladigan ikkinchi liga musobaqasi g‘olibi qatnashadi.

Reglamentga muvofiq turnir ishtirokchi jamoalarning sonidan kelib chiqqan holda guruhlarda, bir davrali tizimda o‘tkaziladi. Guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar pley-offda kurashni davom ettirishadi. Bunda "A" guruhi g‘olibi "B" guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan jamoaga qarshi, "B" guruhi g‘olibi "A" guruhining ikkinchi jamoasiga qarshi yarim final uchrashuvida maydonga chiqadi. Yarim final g‘oliblari esa hal qiluvchi uchrashuvda oliy liganing yagona yo‘llanmasi uchun bahs olib borishadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting