locale OZ

Futzal. Oliy liga 7-tur uchrashuvlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi

Uchrashuvlarga “Yunusobod” sport majmuasi mezbonlik qiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Oliy liga 7-tur uchrashuvlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi
Фото: Ўзбекистон футзали

Mamlakat milliy chempionati — futzal bo‘yicha Oliy liganing 7-tur uchrashuvlari taqvimi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, mazkur tur bahslari 2026-yilning 7–12-yanvar kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvlarga “Yunusobod” sport majmuasi mezbonlik qiladi.

Ta’kidlash joizki, chempionat bahslari turdan turga muxlislar e’tiborini tobora ko‘proq tortib bormoqda. Har bir jamoa maydonga faqat g‘alaba ishtiyoqida tushayotgani qiziqarli va murosasiz o‘yinlar sonining ortishiga sabab bo‘lmoqda. Musobaqa jadvalining yuqori va quyi pog‘onalaridagi jamoalar o‘rtasida kechayotgan “olti ochkolik” uchrashuvlar o‘zining shiddati va keskinligi bilan futzal ishqibozlariga manzur bo‘lmoqda.

7-turda ham futzal ixlosmandlari BMB, SQB, OKMK, "Lokomotiv" hamda “Nasaf” jamoalarining o‘zaro to‘qnashuvlarini katta qiziqish bilan tomosha qilishlari aniq.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting