locale OZ

Futzal. Nimchorak finalning beshta ishtirokchisi ma`lum

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Nimchorak finalning beshta ishtirokchisi ma`lum
PHOTO: Telegram

Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan qizlar o’rtasida futzal bo'yicha “Talaba qizlar ligasi-2025’’ turnirining 2-tur bahslari yakuniga yetdi. Chorshanba kungi o’yinlarga Toshkent axborot texnologiyalari universiteti sport zali mezbonlik qildi.

Taqvimga ko’ra 2-turda 16 ta uchrashuv bo’lib o’tishi lozim edi. Ammo turli sabablarga ko’ra ayrim jamoalar uchrashuvga o'z vaqtida kelmaganligi bois ularga texnik mag’lubiyat yozildi. O’z navbatida hakamlar hayati “D” guruhidagi “Texnika”, “Gʻ” guruhidagi “Fan va texnika”, “J”guruhidagi “Geologiya” va “H” guruhida “Arxitektura” hamda “Menejment” jamoalarini ikkitadan o’yinni o’tkazib yuborganligi bois turnirdan chetlashtirdi.

2-tur bahslaridan keyin muddatidan oldin pley-off yo’llanmasini qo’lga kiritgan beshta jamoaning nomi ma`lum bo’ldi. Bular – “Iqtisodiyot”, “Stomatologiya”, TDPU, O’zDJTSU hamda O’zDJTU-2 jamoalaridir. Guruhlarda so’nggi tur uchrashuvlari 26- hamda 28-may kunlari bo’lib o’tadi.

Quyida kecha bo’lib o’tgan uchrashuvlar natijasi bilan tanishing:

21-may, chorshanba
TATU sport zali

“Oriyental” – O’zDJTSU – 0:3
O’zDJTU-1 – O’zMU – 0:2
“Diplomatiya” – TAFU – 7:0
O’zDJTU-2 – “Konservatoriya” – 8:0

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting