locale OZ

Futzal. Milliy jamoamiz o'yinoldi rasmiy mashg'ulotini o'tkzdi

2-tur uchrashuvi 22-sentabr sanasida Sharqiy Timor terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Milliy jamoamiz o'yinoldi rasmiy mashg'ulotini o'tkzdi
photo: UFF

Osiyo kubogi-2026 saralash musobaqasi “F” guruhi bahslarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bugun 2-tur oldidan rasmiy mashg‘ulotini o‘tkazdi. Mashg‘ulot saralash uchrashuvlari o‘tkazilayotgan Qirg‘iziston futbol uyushmasiga qarashli Futbol akademiyasi sport majmuasida tashkillashtirildi.

Murabbiylar shtabi futzalchilarimiz bilan bugungi mashg‘ulotda bo‘lg‘usi raqibning o‘yin uslubidan kelib chiqqan holda kerakli taktik kombinatsiyalar ustida ishlashdi. Shu o'rinda 1-turda yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish chora tadbirlari ko‘rildi.

Eslatib o‘tamiz, Nodir Eliboyev shogirdlari 2-tur uchrashuvni ertaga – 22-sentabr sanasida, Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da Sharqiy Timor terma jamoasiga qarshi o‘tkazishadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting