Futzal. Medallar uchun kurashuvchi kvartet ma`lum
“Sportchi – yurt himoyachisi” shiori ostida tashkillashtirilayotgan “Talaba qizlar ligasi-2025’’ turniri o’zining hal qiluvchi bosqichiga yetib keldi. Bugun Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti sport majmuasi zalida chorak final uchrashuvlari o’tkazilib, sovrinli o’rinlar uchun kurash olib boruvchi kvartet nomi ma`lum bo’ldi.
Ertaga turnirning yarim final uchrashuvlari, yakshanba kuni esa 3-o’rin uchun va final o’yini bo’lib o’tadi.
Quyida chorak final uchrashuvlari natijalari bilan tanishing:
“Talaba qizlar ligasi-2025’’
30-may, Juma.
Chorak final
TDPU – "Yuridik" – 6:0. Gollar: Dildora Qo'shboqova (3ta), Nilufar Turg'unboyeva, Sadug'ash Yesinbekova, Iroda Xidinova.
"Stomatologiya" – "Oriental" – 0:2. Gollar: Charos Hoshimova (2ta)
"Jismoniy tarbiya" – O’TA – 9:0. Gollar: Zarina Xayrullayeva (3ta), Sevinch Xayrullayeva (2ta), Rayhona Hamroyeva, Dilafro'z Mirazimova, Shahzoda Tolipjonova.
O'zDJTU-2 – O'zMU – 1:2. Gollar: Madina Norbo'tayeva – Zulfizar Ro'zimetova, O'g'iloy Qarshiyeva.