locale OZ

Futzal. “Hududiy liga gʻoliblari”. Finalchilar ma'lum!

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. “Hududiy liga gʻoliblari”. Finalchilar ma'lum!
PHOTO: Telegram

Andijon shahridagi “Universal” sport majmuasi bo’lib o’tayotgan “Hududiy liga gʻoliblari” respublika turnirida bugun bosh sovrin uchun kurash olib boruvchi ikki kuchli jamoaning nomi aniqlandi. Yarim final bahslarida g’alaba qozongan Toshkent viloyati hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi jamoalari ertaga hal qiluvchi final o’yinida ro’baro’ kelishadi.

Ohangarolik yigitlar Samarqand viloyati vakillariga qarshi yarim final uchrashuvida jiddiy qarshilikka duch kelishmadi. Buni o’yinda qayd etilgan natijadan ham bilib olsa bo’ladi. Farg’ona Davlat Universiteti talabalari esa shimolliklarga qarshi o’yinda ustunliklarini saqlab qola olishmadi. Nukuslik yigitlar uchrashuvning endshpilini juda ko’tarinki kayfiyatda o’tkazishdi va g’alabani ilib ketishdi.

“Hududiy liga gʻoliblari” Respublika turniri
30-may. Juma. Yarim final

Ohangaron - Gulobod - 6:1. Gollar: Feruz Saidov, 7 (0:1), Yo'ldoshbek Pattayev, 16 (1:1), Hayot Asatullayev, 18 (2:1), Bunyod Asatulloyev, 24 (3:1), Yo'ldoshbek Pattayev, 29 (4:1), Hayot Asatullayev, 38 (5:1), Davron Husanov, 40 (6:1)

FarDU - Pantera - 1:2. Gollar: Axrorxo'ja Islomov, 25 (1:0), Dauletyar Barliqbayev, 30 (1:1), Dauletyar Barliqbayev, 37 (1:2)

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting