locale OZ

Futzal. Elbek To‘lqinov so‘nggi turda ikkita gol urdi

Final uchrashuvlari 12- hamda 14-iyun kunlariga rejalashtirilgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Elbek To‘lqinov so‘nggi turda ikkita gol urdi
Фото: Ўзбекистон футзали

Futzal bo‘yicha Indoneziya chempionatida birinchi bosqich yakunlandi. Oxirgi 22-turda hamyurtimiz Elbek To‘lqinov to‘p tepayotgan "Bintang Timur Surabaya" jamoasi "Unggul" FK ga qarshi maydonga chiqib, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur uchrashuvda Elbek To‘lqinov gollarning ikkitasiga mualliflik qildi hamda bitta assistni amalga oshirdi.

Mazkur turdan keyin medallar uchun kurash olib boruvchi to‘rtlik nomi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra bugun "Bintang Timur Surabaya" jamoasi "Black Steel Papua” jamoasiga qarshi parketga chiqadi. Javob uchrashuvi 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Ushbu jamoalarning guruh bosqichidagi uchta to‘qnashuvidan ikkitasida "Bintang" klubi g‘alaba qozongan bo‘lsa (7:4, 8:1), yana bittasida "Black" jamoasi zafar quchgan - 4:2.

Ikkinchi yarim finalda esa "Fafage Banua" jamoasi "Cosmo JNE” klubiga qarshi bahs olib boradi.

Final uchrashuvlari 12- hamda 14-iyun kunlariga rejalashtirilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting