locale OZ

Futzal. «Dinamo» «Oil Star»ni mag‘lub etib, tur sensatsiyasini qayd etdi

“Dinamo” 26 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. «Dinamo» «Oil Star»ni mag‘lub etib, tur sensatsiyasini qayd etdi
Фото: Динамо ПФК

Futzal bo‘yicha Oliy liga 6-turining markaziy o‘yinlaridan birida “Dinamo” jamoasi mamlakat chempionligiga da’vogar “Oil Star” klubiga qarshi saf tortdi.

Jizzaxdagi uchrashuvda Dilshod Haydarqulov boshchiligidagi Samarqand jamoasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi homiyligidagi “Oil Star” klubi ustidan sensatsion g‘alabaga erishdi. 6-daqiqada jamoamizdan Said Rizo Mirsharofov hisobni ochgan bo‘lsa, 20-daqiqada raqiblardan Elbek To‘lqinov muvozanatni tikladi. O‘yin tugashiga 4 daqiqa qolganida esa yana Samandar Murodqulov ko‘hna shahar jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etgan gol muallifi bo‘ldi – 2:1.

Shu tariqa, “Dinamo” 26 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi, terma jamoa yetakchilari jamlangan “Oil Star” 35 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

Oliy liga. 6-tur. 4-kun.
8 dekabr (dushanba)
Oil Star – Dinamo – 1:2
Gollar:
0:1 — Said Rizo Mirsharofov (6ʼ)
1:1 — Elbek To‘lqinov (20ʼ)
1:2 — Samandar Murodqulov (36ʼ)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting