locale OZ

Futzal. Chorak finalchilar aniqlandi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Chorak finalchilar aniqlandi
PHOTO: Telegram

Shu kunlarda Andijon shahridagi “Universal” sport majmuasi futzal ishqibozlari bilan gavjum. Mamlakatimizning barcha viloyatlari, Toshkent shahri hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi gʻolib hamda sovrindor jamoalari oʻrtasida “Hududiy liga gʻoliblari” respublika turniri qiziqarli kurashlar ostida davom etmoqda.

Bugun musobaqaning guruh bahslari yakuniga etdi va pley-off bosqichida kurashni davom ettiruvchi 8 jamoaning nomi maʼlum boʻldi. Bular – guruhlarda birinchi oʻrinni egallagan FarDU, “Pantera”, GulDU, JGʻMHO, “Gulobod”, “Austem” jamoalari hamda eng yaxshi koʻrsatkichni qayd etgan ikkinchi oʻrin sohiblaridan – “Ohangaron” va “Sadda” jamoalaridir.

Shu oʻrinda, “Hududiy liga gʻoliblari” Respublika turnirida ham dilni xira qiladigan baʼzi jihatlar kuzatildi. Jumladan, Surxondaryo viloyatining har ikkala jamoasi – Terdu va “Denov” sababsiz musobaqaga kelmadi va ularning ishtirokidagi oʻyinlarda raqiblariga texnik gʻalaba taqdim etildi. “Namangan” va GulDU uchrashuvida esa vodiyliklar safida Reglamentning 4,1-bandiga xilof ravishda vodiyliklar tarkibida Oliy liga bahslarida qatnashgan oʻyinchi faoliyat yuritganligi bois, ularga texnik magʻlubiyat yozildi.O‘z navbatida xuddi shu vaj bilan "Korzinka" jamoasiga qarshi o‘yinda namanganliklarga g‘alaba berildi.

Respublika turnirida ertaga chorak final, juma kuni yarim final va shanba kuni hal qiluvchi Final uchrashuvlari oʻtkaziladi.

Yana bir ma`lumot, “Hududiy liga gʻoliblari” respublika turnirida birinchi o'rinni egallagan jamoa iyun oyining ikkinchi o’n kunligida Jizzax shahrida mamlakat milliy chempionati – Oliy ligaga o’tish musobaqasida qatnashish huqugiga ega bo’ladi.

“Hududiy liga gʻoliblari” respublika turniri guruh bosqichi uchrashuvlari natijalari bilan tanishing:

1-tur, 26 may, dushanba
«Andijon» - «Temiryoʼlchi» - 0:0
«Doʼstlik» - «Pantera» - 2:2
“GulDU” - «Korzinka» - 5:5
“JGʼMHO” – TerDU – 5:0
«Tornado» - «Gulobod» - 4:4
«Austem» - «Ohangaron» - 5:1

2-tur, 27 may, seshanba
“FarDU” - «Andijon» - 4:2
“BuxDPU” - «Doʼstlik» - 4:4
«Namangan» - GulDU – 0:5
«Sadda» - “JGʼMHO” – 2:6
“RTTYoM” – «Tornado» - 6:1
«Denov» - «Austem» - 0:5

3-tur, 28 may, chorshanba
«Temiryoʼlchi» - “FarDU” – 1:1
«Pantera» - “BuxDPU” – 3:1
«Korzinka» - «Namangan» - 0:5
“TerDU” - «Sadda» - 0:5
«Gulobod» - “RTTYoM” – 8:1
«Ohangaron» - «Denov» - 5:0

29 may. payshanba: Chorak final
30 may. juma: Yarim final
31-may. Shanba: Final

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting