Futzal bo'yicha Osiyo kubogida Eron zafar quchdi
Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida bo‘lib o‘tgan futzal bo‘yicha XVIII Osiyo kubogi musobaqasi Eron terma jamoasining g‘alabasi bilan yakunlandi.
Final bahsida maydon egalari — Indoneziya terma jamoasiga qarshi asosiy va qo‘shimcha taymlarda 5:5 hisobidagi jangovar durang qayd etildi. Penaltilar seriyasida esa omad Eron futzalchilariga kulib boqdi — 5:4.
Musobaqa davomida shov-shuvli o‘yin namoyish etgan Indoneziya chorak finalda Vyetnamni, yarim finalda esa Yaponiyani mag‘lub etib, finalda ham g‘alabaga juda yaqin keldi. Uchrashuv davomida hisobda oldinda borgan mezbonlar hal qiluvchi soniyalarda 13 karra Osiyo chempioni bo‘lgan Eron bosimiga dosh bera olmadi.
Shu tariqa, avval hech qachon kuchli to‘rtlikka ham kira olmagan Indoneziya o‘z maydonida o‘tkazilgan Osiyo kubogida ikkinchi o‘rinni egallab, qit’a vitse-chempioniga aylandi.