locale OZ

Futzal bo‘yicha Islom Birdamligi o‘yinlarida bugun medallar taqsimlanadi

Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal bo‘yicha Islom Birdamligi o‘yinlarida bugun medallar taqsimlanadi
Фото: Ўзбекистон футзали

Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tayotgan VI Islom birdamligi o‘yinlari futzal musobaqalari bugun o‘z yakuniga yetadi. Dastlab bronza medali uchun bahs bo‘lib o‘tadi, kun so‘ngida esa musobaqaning final uchrashuvi o‘tkaziladi.

Bu yil birinchi marta Islom birdamligi o‘yinlari dasturiga kiritilgan futzal musobaqalarida nafaqat musulmon mamlakatlarining, balki jahon futzalining kuchli jamoalari ishtirok etgani turnirga bo‘lgan qiziqishni bir necha barobar oshirdi. Dunyo reytingining birinchi o‘nligidan joy olgan terma jamoalar — Eron (6-o‘rin) va Marokash (9-o‘rin) terma jamoalarining qatnashgani bunga yaqqol dalildir. Shuningdek, musobaqaning finaliga ham aynan ushbu ikki jamoaning chiqishi bejiz emas.

O‘zbekiston milliy terma jamoasiga esa yarim finalda omad yetishmadi. Nodi Eliboyev shogirdlari Osiyoning eng kuchli jamoasi — Eron terma jamoasiga qarshi tengma-teng kurashdi. Ammo so‘nggi daqiqalarda biroz ehtiyotsizlik natijasida imkoniyat boy berildi.

Bugun hamyurtlarimiz bronza medali uchun maydonga chiqishadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da musobaqa mezbonlari — Saudiya Arabistoni futzalchilariga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, bu jamoalar guruh bosqichining 1-turida ham o‘zaro to‘qnash kelishgan va o‘sha uchrashuvda O‘zbekiston 5:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting