Futzal. Bekzod Mamatqulov ayollar terma jamoamiz a`zolarini tabrikladi


Xitoyda o‘tayotgan Osiyo Kubogi guruh bosqich 2-tur doirasida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Avstraliyani ishonchli (3:1) hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov telefon orqali bog‘lanib, terma jamoa murabbiylar shtabi hamda futzalchi qizlarimizni tabrikladi.

"Assalomu alaykum, aziz futzalchi qizlar, qadrli murabbiylar! Barchangizni bugungi ishonchli g‘alaba bilan samimiy tabriklayman! Albatta, yurtimizga shu kabi g‘alabalar yarashadi. Buning uchun O‘zbekistonda barcha imkoniyatlar mavjud.

Begona davlatga moslashish jarayonidagi qiyinchiliklar va boshqa turli omillar sabab birinchi uchrashuvda Xitoy Taypeyiga imkoniyat boy berilganiga qaramay, ruhan tushkunlikka tushmay, Avstraliyadek kuchli terma jamoani dog‘da qoldirganingiz qalblarimizni g‘ururga to‘ldirdi.

Nasib qilsa, zafarli odimlarimiz davom etadi. Federatsiya rahbariyati, futzal ishqibozlari, ko‘plab insonlar g‘alabangizdan xursand bo‘lib, tabriklar yo‘llashmoqda. Ishonchim komil, bu sizlarga qo‘shimcha ishtiyoq, motivatsiya beradi. Xudo xohlasa, shu tempda davom etib, hal qiluvchi bosqichlarga yetib boramiz.

Shuni yoddan chiqarmang, biz doimo yoningizda, Sizlar bilan birgamiz. Yana bir bor g‘alaba muborak bo‘lsin!".


Futbol
Bugun da 17:59

Futbol
Bugun da 17:10