locale OZ

Futzal. Andijonda bugun penaltilar kuni bo'ldi!

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Andijonda bugun penaltilar kuni bo'ldi!
PHOTO: Telegram

Andijon shahridagi “Universal” sport majmuasi bo’lib o’tayotgan “Hududiy liga gʻoliblari” respublika turnirida bugun chorak final uchrashuvlari o’ynaldi. E`tiborli jihati, to’rtta o’yinning uchtasida g’olib nomi uchrashuvdan keying penaltilar seriyasida aniqlandi.

Guliston Davlat Universiteti hamda “Ohangaron” jamoalari o’rtasida kechgan murosasiz jangda muxlislar jangovor durang natijaning guvohi bo’lishdi – 4:4. Penaltilar seriyasida omad Toshkent viloyati vakillariga kulib boqdi. “Austem” va “Gulobod” uchrashuvida bor yo’g’I ikkita gol kiritildi – 1:1. Mazkur bahsdagi lotereyada samarqandliklar sovuqqon harakat qilishdi va yarim final yo’llanmasini rasmiylashtirishdi.
Farg’ona Davlat Universiteti talabalari Qashqadaryoning JGʼMHO jamoasiga umuman imkoniyat qoldirmadi. “Pantera” va “Sadda” uchrashuvida ham kuchlar teng kelgach, penaltilar seriyasiga murojaat etildi. Unda eng olis hududdan kelgan – qoraqalpoq futzalchilarining omadi chopdi.
Ertaga Respublika turnirining yarim final uchrashuvlari bo’lib o’tadi. Shanba kuni esa musobaqa g’olib hamda sovrindorlarining nomiga aniqlik kiritib olamiz.

“Hududiy liga gʻoliblari” Respublika turniri
29-may. Payshanba. Chorak final
GulDU – “Ohangaron” – 4:4, penaltilar bo’yicha – 4:5
“Austem” – “Gulobod” – 1:1, penaltilar bo’yicha – 3:4
FarDU – JG’MHO – 4:1
“Pantera” – “Sadda” – 3:3, penaltilar bo’yicha – 3:2
30-may. Juma. Yarim final
9:00. “Ohangaron” – “Gulobod”
10:30. FarDU – “Pantera”
31-may. Shanba
9:00. 3-o’rin uchun
10:30. FINAL

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting