locale OZ

Futzal. Andijon futzali shonli anʼanalarini tiklaydi!

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Futzal. Andijon futzali shonli anʼanalarini tiklaydi!
PHOTO: Telegram

Oʻzbekiston futzali taraqqiyotida muhim oʻrin tutgan hududlardan biri - Andijon viloyati sanaladi. Mazkur hududda futzal so‘nggi yillarda qayta tiklanish arafasida turibdi. Mahalliy hokimiyat va mutasaddi tashkilotlar ushbu sport turini yanada rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda.

Mamlakatimizda ushbu jozibali sport turi endi tetapoya qadamlarini tashlayotgan davrlarda "Turon-Soliqchi" jamoasi bayroqdor klublardan biri boʻlib, Andijon futzali sharafini munosib himoya qilgan. Ilk mavsum mamlakat kubogida zafar quchgan jamoa, keyinchalik Oʻzbekiston chempionatlarida besh marta shohsupaning yuqori pogʻonasiga koʻtarildi. Bir necha marta sovrindorlar safidan joy egalladi.

Biroq oxirgi yillarda viloyat futzalining umumiy saviyasi pasayib ketgani kuzatildi. Ana shunday sharoitda, aniqrog‘i bugun Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov hamda O‘zbekiston futzal federatsiyasi Prezidenti Bekzod Mamatqulov ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda asosiy e’tibor viloyatda futzalni rivojlantirish, tarixiy an’analarni tiklash va yangi bosqichga ko‘tarish masalasiga qaratildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting