locale OZ

Fujayra shahri yosh yulduzlar porlashi kutilayotgan kadetlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Fujayra shahri yosh yulduzlar porlashi kutilayotgan kadetlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi
PHOTO: Telegram

Xabaringiz bor, shu yilning 10-14-may kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida taekvondo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi VII Jahon chempionati o'tkaziladi va unda 800 nafardan ortiq iqtidorli yosh sportchilar ishtirok etadi.

Musobaqa ilk bor 2014-yilda 12-14 yoshli sportchilar o'rtasida tashkil etilgan. Fujayra-2025 Ozarbayjonning Boku shahrida bo'lib o'tgan kadetlar o'rtasidagi birinchi Jahon chempionatidan keyingi eng katta musobaqa bo'ladi.

Besh kunlik turnirga 90 ta aʼzo milliy assotsiatsiyalar, Butunjahon taekvondo qochqinlar jamoasi, individual neytral sportchilar va Jahon taekvondo bayrogʻi ostida qatnashayotganlardan jami 813 nafar sportchi va 467 nafar rasmiy shaxs roʻyxatdan oʻtgan.

Fujayra-2025 "Zayed sport majmuasi"da yigitlar va qizlar o‘rtasida jami 10 ta vazn toifasida bo‘lib o‘tadi, yigitlar o‘rtasida 33 kg dan 65 kg gacha, qizlar o‘rtasida esa 29 kg dan 59 kg gacha.

Musobaqa boshlanishidan oldin 9-may kuni Butunjahon taekvondo kengashi ham navbatdan tashqari yig'ilishini o'tkazadi. Unda taekvondo bo'yicha 2025-yilgi Jahon chempionati, 2026-yilgi o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati tashkilotchiligi muhokama qilinadi.

Tez orada kadetlar o'rtasidagi dunyo birinchiligida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi tarkibimiz bilan tanishtiramiz

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting