locale OZ

Frensis Ngannu tarixdagi top-5 eng buyuk futbolchilar nomini ma’lum qildi

Sobiq UFC chempioni Messini bu roʻyxatga kiritmadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Frensis Ngannu tarixdagi top-5 eng buyuk futbolchilar nomini ma’lum qildi
FOTO: Getty Images

UFC ogʻir vazn toifasidagi sobiq chempioni, kamerunlik Frensis Ngannu Netflix Sports matbuot xizmatiga bergan intervyusida futbol tarixidagi eng kuchli besh nafar oʻyinchini sanab oʻtdi.

Frensis Ngannu talqiniga koʻra tarixdagi eng buyuk futbolchilar beshligi:

  1. Ronaldinyo
  2. Ronaldo
  3. Maradona
  4. Pele
  5. Roje Milla

Ma’lumot uchun, 39 yoshli «Yirtqich» laqabli Ngannu professional MMAda 18 ta gʻalaba (17 tasi muddatidan oldin) va 3 ta magʻlubiyat qayd etgan. U hozirda aralash jang san’atlarida ketma-ket 7 ta gʻalabali seriya bilan bormoqda.

Ngannu oʻzining soʻnggi jangini 2024 yil 19 oktabr kuni Ar-Riyodda (Saudiya Arabistoni) oʻtkazilgan PFL Super Fights turniri doirasida braziliyalik Renan Ferreyraga qarshi oʻtkazib, raqibini birinchi raunddayoq texnik nokaut evaziga taslim etgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting