Freestyle Grand Slam: Abdusattorov va Sindarov 9–12-o‘rinlarni egalladi
AQShning Las-Vegas shahrida o‘tkazilayotgan, jami 750 000 dollarlik mukofot jamg‘armasiga ega Freestyle Grand Slam turniri o‘z yakuniga yaqinlashmoqda.
Guruh bosqichini muvaffaqiyatli tarzda o‘tagan Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov chorak finalga chiqqandi. Ammo ular mos ravishda hindistonlik Arjun Erigaisi va amerikalik Hans Niemannga mag‘lub bo‘lishdi.
Mag‘lublar yo‘lida hamyurtlarimiz 3-o‘rin uchun kurashni davom ettirdi. Afsuski, bu bosqichda ham ularga omad kulib boqmedi: Sindarov Magnus Karlsenga 0,5:1,5 hisobida yutqazdi, Abdusattorov esa Wesley Soga qarshi bahsda asosiy partiyalarni durang bilan yakunladi, ammo tay-brekda mag‘lub bo‘ldi.
Shu tariqa, o‘zbekistonlik grossmeystarlar turnirni 9–12-o‘rinlar bilan yakunlashdi. Har biri 10 000 AQSh dollaridan mukofot puliga ega bo‘ldi. Ma’lumot uchun, 3-o‘rin uchun taqdim etiladigan mukofot 100 000 dollarni tashkil etardi.