locale OZ

Freestyle Chess Grand Slam Tour 2025 – Janubiy Afrikadagi superfinal yakunlandi

Rapid bo‘yicha aylana tizimida o‘tkazilgan saralashda Javohir 7 partiyadan 5,5 ochko jamg‘arib, yakka peshqadam bo‘ldi va pley-offga 1-raqam ostida chiqdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Freestyle Chess Grand Slam Tour 2025 – Janubiy Afrikadagi superfinal yakunlandi
photo: Chess Uzbekistan

8–11 dekabr kunlari Janubiy Afrikaning Keyptaun shahri yaqinidagi Grootbos kurorti freestyle shaxmato bo'yicha yiling so'nggi yirik turniriga mezbonlik qildi. Freestyle Chess Grand Slam Tour 2025 mavsumining final bosqichida dunyoning eng kuchli grossmeysterlari to‘plandi. Turnirning umumiy mukofot jamg‘armasi 750 000 AQSh dollarini tashkil etdi.

Nomzodlar turniriga yo‘l olgan hamyurtimiz Javohir Sindarov bu final bosqichida o‘zini nafaqat ishtirokchi, balki turnirning asosiy yulduzlaridan biri sifatida ko‘rsatdi.

Rapid bo‘yicha aylana tizimida o‘tkazilgan saralashda Javohir 7 partiyadan 5,5 ochko jamg‘arib, yakka peshqadam bo‘ldi va pley-offga 1-raqam ostida chiqdi.

Chorak final
Chorak finalda u eronlik Parham Maghsoodlooga qarshi ishonchli o‘yin ko‘rsatib, mini-matchni 2:0 hisobida yakunladi.

Yarim final
Yarim finalda raqib – shaxmat tarixining eng kuchli shaxmatchilaridan biri, dunyoning birinchi raqami Magnus Karlsen bo‘ldi. Juda keskin va murakkab kurashdan so‘ng hisob 1,5:2,5 tarzida Karlsen foydasiga yakunlandi.

3–4-o‘rin uchun uchrashuvda Javohir Vinsent Keymerga qarshi kechgan bahsda muvaffaqiyat qozona olmadi va turnirni 4-o‘rin bilan yakunladi. Reglamentga ko‘ra, u 60 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot puli bilan taqdirlandi.

Chempion kim bo‘ldi?

Final bahsida amerikalik grossmeyster Levon Aronyan Magnus Karlsenga qarshi bahsni 1,5:0,5 hisobida yutib, turnir chempioniga aylandi va 200 000 AQSh dollarilik bosh sovringa ega bo‘ldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting