locale OZ

Freestyle Chess Grand Slam Paris. Abdusattorov va Yan Nepomnyashchiy o'rtasidagi ilk uchrashuv yakunlandi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Freestyle Chess Grand Slam Paris. Abdusattorov va Yan Nepomnyashchiy o'rtasidagi ilk uchrashuv yakunlandi
Freestyle Chess Grand Slam Paris. Abdusattorov va Yan Nepomnyashchiy o'rtasidagi ilk uchrashuv yakunlandi

Fransiya poytaxti Parijda nufuzli shaxmat turniri - Freestyle Chess Grand Slam Paris davom etmoqda. Umumjahon grossmeysteri, o'zbekistonlik Nodirbek Abdusattorov rossiyalik Yan Nepomnyashchiyga qarshi 7-o'rin uchun bahs olib bormoqda.

13-aprel kuni ikki shaxmatchi o'rtasidagi birinchi partiya bo'lib o'tdi. Nodirbek oq toshlar bilan o'yinni boshladi, ammo rossiyalik raqibiga yutqazdi. Endi Abdusattorov 7-o'rin uchun kurashni davom ettirish maqsadida albatta g'alaba qozonishi shart. Agar hisob tenglassa, tay-breyk o'tkaziladi.

Javob uchrashuvi 14-aprel kuni bo'lib o'tadi va unda o'zbek shaxmatchisi qora toshlar bilan o'ynaydi. Turnir finaliga Magnus Karlsen va Hikaru Nakamura yo'l oldi. Finalning birinchi partiyasida oq toshlar bilan o'ynagan Karlsen g'alaba qozondi. Finalning ikkinchi uchrashuvi ham 14-aprel kuni o'tkaziladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting