locale OZ

Frederik Vasseur: «Sekinroq»

Frederik Vasseur ortiqcha xursandchilikga berilmaslikni ta'kidladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Frederik Vasseur: «Sekinroq»
photo: F1

Frederik Vasseur ortiqcha xursandchilikga berilmaslikni ta'kidladi.

Levis Hamiltonning Barcelonadagi g'alabasi va chempionat yetakchisi Kimi Antonelli bilan oradagi farqni 41 ochkoga qisqartirganidan so'ng Ferrarining chempionlik uchun kurashga qaytgani haqida gaplar chiqishni boshlagan edi.

Ammo bunga jamoa rahbari Frederik Vasseur "sekinroq" deb reaksiya bildirdi.

Levis Hamiltonning 8-Jahon Chempionligi kurashi haqida so'rashganda keskin javob qaytardi:

"Bunday savollarga umuman javob bergim ham kelmayapti. Ikki hafta oldin hamma narsani "Falokat" deyishayotgandi, endi esa Jahon chempionligi haqida gapirishyapti. Bu men uchun yomon yondashuv. Biz kelasi hafta Avstriyaga ham xuddi Barselonadagidek yondashuv bilan boramiz. Hozircha chempionlik haqida o'ylamaymiz, hozircha shu g'alabani nishonlaylik" deb qo'yaqoldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting