locale OZ

Fotima Saipovaga Prezident topshirig‘i bilan yangi uy berildi

Osiyo chempioni “Yangi O‘zbekiston” massividan 2 xonali xonadonga ega bo‘ldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram

Paravelosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Osiyo chempioni Fotima Saipovaga yangi uy sovg‘a qilindi. Ushbu tashabbus Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘i asosida amalga oshirildi.

Tantanali marosim Toshkent viloyatining Chirchiq shahridagi “Yangi O‘zbekiston” massivida bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev, faollar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Saipovaga barcha qulayliklarga ega, jihozlangan ikki xonali xonadon kalitlari topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida, Fotima Saipova so‘nggi to‘rt yilda paravelosportda faol ishtirok etib kelmoqda. U xalqaro musobaqalarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan, mamlakat chempionatlarida to‘rt bor g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Yaqinda Tailandda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida shosse yo‘nalishida 1-o‘rinni egallagan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting