Formula-1ning Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan beshinchi bosqichi yakunlandi. Oskar Piastri - eng yaxshi pilot


20 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da Jidda shahrida joriy mavsumdagi Formula-1 jahon chempionatining beshinchi bosqichi bo'lib o'tdi. Musobaqada «Maklaren» jamoasi piloti Oskar Piastri g'alabaga erishdi.
Avstraliyalik sportchi Formula-1dagi beshinchi va 2025 yilgi mavsumdagi uchinchi g'alabasini qo'lga kiritdi. 24 yoshli Piastri 99 ochko to'pladi va pilotlar reytingining peshqadamiga aylandi. Uning jamoadoshi Lando Norris ikkinchi o'rinda, uchinchi o'rinni esa Maks Ferstappen egallab turibdi.
Saudiya Arabistoni Gran-prisi
Jidda
2025 yil 20 aprel
Pilotlar natijasi (daraja va vaqt):
1. Oskar Piastri («Maklaren») — 50 aylanish
2. Maks Ferstappen («Red Bull») +2,843
3. Sharl Lekler («Ferrari») +8,104
4. Lando Norris («Maklaren») +9,196
5. Jorj Rassell («Mersedes») +27,236
6. Andrea Kimi Antonelli («Mersedes») +34,688
7. Lyuis Hemilton («Ferrari») +39,073
8. Karlos Sayns («Uilyams») +1:04,630
9. Aleks Albon («Uilyams») +1:06,515
10. Isak Ajar («Racing Bulls») +1:07,091

Futbol
Bugun da 13:45


Futbol
Bugun da 13:05