Formula-1 bo'yicha Yaponiya Gran-prida ilk ikki mashg'ulot bo'lib o'tdi


4 aprel kuni Yaponiya Gran-pri rasmiy ravishda boshlandi. Birinchi erkin mashg'ulotda «Maklaren» piloti Lando Norris 1:28.549 natija bilan eng yaxshi vaqtni qayd etdi. Undan keyingi o'rinni «Mersedes»dan Jorj Rassel egalladi (+0.161), uchinchi o'rin esa «Ferrari» piloti Sharl Leklerga nasib qildi (+0.416).
Ikkinchi mashg'ulotda esa qizil bayroqlarsiz o'tmadi. Avvalo Jek Duhan katta tezlikda devorga urildi va shu sababli mashg'ulot 15 daqiqaga to'xtatildi. Undan keyin Fernando Alonso gravyda qolib ketdi. Shu bilan birga yong'in natijasida yana ikki marta qizil bayroq ko'tarildi. Ko'pchilik pilotlar yaxshi vaqt ko'rsata olmadi.
Natijada birinchi uchlik quyidagicha shakllandi: Oskar Piastri — 1:28.114, undan keyin Lando Norris (+0.049) va uchinchi bo'lib Isak Hodjar joy oldi (+0.404).

Futbol
Bugun da 07:40

Futbol
Bugun da 07:01

Maqolalar
Bugun da 04:20