locale OZ

Formula-1da texnik mojaro boshlandi

Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, FIA mavsum startigacha bu bo‘shliqni yopishga ulgura olmaydi, chunki yetarli chuqur texnik ma’lumot yo‘q.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Formula-1da texnik mojaro boshlandi
photo: F1

Ferrari, Honda va Audi FIA’ga rasmiy protest berishga tayyor.

Gap Mercedes va Red Bull Ford dvigatellari haqida ketmoqda.

Bir nechta manbalar va rasmiy OAV (Motorsport) xabariga ko‘ra, ikki motor ishlab chiqaruvchi dvigatel siqilish darajasidagi yangi limitni aylanib o‘tish yo‘lini topgan.

2025-yilgacha geometrik siqilish darajasi limiti 18:1 edi.
2026-yil reglamentiga ko‘ra bu ko‘rsatkich 16:1 ga tushirilgan.

Lekin Mercedes va Ford qandaydir usul bilan bu cheklovni chetlab o‘tib, dvigatel ish jarayonida yana 18:1 darajaga qayta olmoqda, va bu hozirgi qoidalarga zid emas.

Bunday yechim 15 ot kuchigacha yoki bir aylanada taxminan 0.3 soniya ustunlik berishi mumkin. Juda katta farq.

Ferrari, Honda va Audi Mercedes hamda Ford bu “teshik”ni qanday topganini taxmin qilmoqda va FIA’dan uni yopishni talab qilmoqda.
FIA esa bunday javob berdi:

— Texnik reglamentda maksimal siqilish darajasi va uni o‘lchash usuli statik sharoitlarda aniq belgilangan.
— Bu o‘lchash usuli 2026-yilda ham o‘zgarmaydi.

— Shu bilan birga, dvigatel qismlarining qizib kengayishi tabiiy holat, ammo qoidalarga dinamik (harakatdagi) o‘lchov mezonlari kiritilmagan.

Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra, FIA mavsum startigacha bu bo‘shliqni yopishga ulgura olmaydi, chunki yetarli chuqur texnik ma’lumot yo‘q.
Ammo FIA tan olmoqda:

Mavsum boshidagi ilk poygalardan keyin protseduralar yoki hatto qoidalar qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Raqib jamoalar bu yechimni hozir takrorlay olmaydi — vaqt juda kam.
FIA hozircha bu lazerkani rasman taqiqlashga asos topa olmayapti, aks holda Mercedes va Red Bull Fordning o‘zi shikoyat qiladi.Mana shunaqa — 2026 yil oldidan ilk katta texnik jang boshlandi.

Via – Simply Formula

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting