Formula 1 tarixini o'zgartirgan 1 kilogramm: «Kumush o'qlar» yaralishi.
Formula 1 tarixini o'zgartirgan 1 kilogramm: "Kumush o'qlar" yaralishi.
1934-yilgi Gran-prilarda, hali an'anaviy "Formula 1" poygalari vujudga kelmasidan oldin Mercedes jamoasi bilan qiziq tasodif yuzaga kelgan. O'sha yilgi qoidaga ko'ra, mashinalarning vazni (yoqilg'i va shinalarsiz) 750 kgdan oshmasligi kerak edi. Poygadan bir kun oldin Mercedes-Benz W25 mashinasi taroziga qo'yilganda, 751kg vazn ko'rsatadi va 1kg ortiqcha vazn tufayli jamoa musobaqadan chetlashtirilishi xavfi paydo bo'ladi.
Jamoa rahbari Alfred Noubauer tunda ajoyib qaror qabul qiladi: u mexaniklariga mashinaning ustidagi oq rangli boʻyoqni butunlay qirib tashlashni buyuradi. Ertasi kuni ertalabgacha poygachilar va mexaniklar mashina kuzovini tuni bilan qirib chiqishadi.
Natijada mashinaning ustki qatlami yaltiroq kumush rangda namoyon bo'ladi va bo'yoq qatlami yo'qolishi hisobiga mashina 1kg vazn yo'qotib me'yorlarga mos keladi.
O'sha poygada nemis mashinasi g'alaba qozonadi va matbuot ularni tezkorligi hamda rangi tufayli "Kumush o'qlar" deb atay boshlaydi.
Hozir ham Mercedes jamoasi bu an'anaga sodiq qolib, asosan mashinaning ustki liveriyasida kumush rangli keskir shakllar bilan dizaynlashtirishadi, bu o'ziga hos jamoa tarixiga hurmat.