Forde–2025: O‘zbekiston terma jamoasi jahonning eng kuchli besh jamoasi qatorida!
2–11-oktabr kunlari Norvegiyaning Forde shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 87 mamlakatidan 500 dan ortiq kuchli polvonlar sovrinli o‘rinlar uchun bahs olib bordilar.
Musobaqada O‘zbekiston sharafini ikki nafar sportchi — Akbar Jo‘rayev va Ruslan Nurudinov himoya qildi. Shunga qaramay, vakillarimiz ajoyib natijalarni qayd etib, jamoaviy hisobda kuchli beshlikka kirdi.
Akbar Jo‘rayev dast ko‘tarish, siltab ko‘tarish hamda ikki kurash yo‘nalishlarida barcha raqiblarini ortda qoldirib, uchta oltin medal sohibiga aylandi va jahon chempioni unvonini yana bir bor isbotladi.
Tajribali polvonimiz Ruslan Nurudinov esa dast ko‘tarish va ikki kurashda bronza medalini qo‘lga kiritdi.Mazkur yutuqlar tufayli O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egalladi.