locale OZ

Firouzja: Javohir Sindarov Nomzodlar turnirida Nepomnyashiy kabi o‘ynadi

Fransiyalik grossmeyster Alireza Firouzja Polshadagi turnir starti oldidan intervyu berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Firouzja: Javohir Sindarov Nomzodlar turnirida Nepomnyashiy kabi o‘ynadi
photo: Chess Uzbekistan

Fransiyalik grossmeyster Alireza Firouzja Polshadagi turnir starti oldidan intervyu berdi. Uning fikricha, jahon shaxmatidagi eng adolatli format aynan Grand Chess Tour (GCT) hisoblanadi.

"Bu men uchun eng muhim turnirlar seriyasi. Agar unda g‘olib bo‘lsangiz, demak, haqiqatan ham joriy yilning eng kuchli shaxmatchisiz. Chunki GCT o‘z ichiga klassika, rapid va final bosqichini oladi. Menimcha, bu yil davomida kim eng yaxshi ekanini ko‘rsatuvchi eng adolatli yo‘l"

Alireza yaqinda o‘tgan Nomzodlar turniri va undagi 🇺🇿Javohir Sindarovning o'yiniga yuqori baho berdi:

"Javohirning Nomzodlar turniridagi ishtiroki xuddi Nepomnyashiyning Madridda (2022) ko‘rsatgan natijasiga o‘xshadi. Bu turnir boshqa o‘yinchilar uchun o‘ta omadsiz bo‘ldi, ularga rahmim keldi. Nomzodlar turniri juda shafqatsiz musobaqa. Katta umidlar bilan kelasan va kutilmaganda 5-turdan so‘ng barcha imkoniyating boy berilganini tushunib yetasan"

Unga murabbiy Ivan Cheparinovning "Firouzja men ishlaganlar ichida eng iste’dodlisi, lekin Topalov kabi intizomli emas" degan gapini eslatishganda, Alireza shunday javob berdi:

"To‘g‘ri, balki boshqa TOP o‘yinchilarga qaraganda kamroq mehnat qilayotgandirman. Lekin yoshligimda kuniga 24 soat, haftasiga 7 kun faqat shaxmat bilan shug‘ullanganman"

Firouzja 2026-yilning birinchi yarmini musobaqalarsiz o‘tkazgan bo‘lsa-da, oldinda uni Norway Chess hamda Grand Chess Tour bosqichlari kutmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting