Figurali uchish. Saodat Numanova Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya o‘yinlarida faoliyat olib boradi
Mutaxassis Pxyonchxan-2018 qishki Olimpiya o‘yinlarida ham faoliyat olib borgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Google
Xalqaro konkichilar ittifoqi figurali uchish bo‘yicha Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya o‘yinlarida faoliyat olib boradigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ahamiyatlisi, ushbu ro‘yxatda hamyurtimiz ham bor.
Bo‘lajak Olimpiadada o‘zbekistonlik xalqaro toifadagi hakam Saodat Numanova sportchilarning chiqishini baholab boradi. Mutaxassis individual (juftlik) va jamoaviy (ayollar va juftlik) dasturlarda ishlaydi.
Qayd etish joiz, S.Numanova Pxyonchxan-2018 qishki Olimpiya o‘yinlarida ham faoliyat olib borgan
Ibrohim Jalolov
Redaktor